English English English

“EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI

  28.11.2025 11:49:34    6


Mazkur markazning hamkorlik rejasiga asosan Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti Z.Qoraboyeva tomonidan “MTT-da strategik boshqaruv” mavzusida MTT rahbarlari uchun davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida rahbarlar strategik rejalashtirish, boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish va maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar oldilar.


“EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI


Shuningdek, kafedra dotsenti N.Ismoilova tomonidan direktor o‘rinbosarlari uchun “Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi” mavzusida master-class o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulot pedagoglarga innovatsion ta’lim uslublari, bolalar bilan interaktiv faoliyatni tashkil etish va STEAM yondashuvi asosida samarali darslar olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini berdi.

Tashrif va master-classlar MTT rahbarlari va pedagoglar uchun tajriba almashish, yangi metodikalarni o‘zlashtirish hamda samarali pedagogik faoliyatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.


“EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI “EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI “EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI “EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI “EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI “EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI “EDUKIDS – HAMKORLIK MARKAZI” DOIRASIDA SEMINAR VA MASTER-CLASSLAR O‘TKAZILDI