Vazir “Abdulla Avloniy” davlat stipendiyasining ilk sohibi bilan uchrashdi
17.09.2025 20:29:32 21
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Namangan davlat pedagogika instituti (https://t.me/namanganv_xtb/29105)da bo‘lib, talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida so‘nggi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar hamda barkamol avlodni tarbiyalashda maktab, oliy taʼlim dargohlari va pedagoglarning o‘rni alohida ekani qayd etildi.
Shuningdek, vazir “Abdulla Avloniy” davlat stipendiyasining ilk sohibasi — oliy taʼlim maskanining 2-kurs talabasi Begoyim Varisovani samimiy tabriklab, bo‘lg‘usi pedagogning kelgusidagi o‘quv va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.