YANGI BOSQICH SARI — ILHOM BILAN
16.07.2025 10:23:16 32
Namangan davlat pedagogika institutida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi nafaqat hayajonli lahzalar, balki ilhomga boy davra suhbati bilan davom etdi!

Ushbu davra suhbatida viloyat hokimi oʻrinbosari O.Bozorov, Maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi boshligʻi A.Isakov, institut rektori B.Xusanov, professor-oʻqituvchilar hamda bitiruvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida mehmonlar bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirishdi, ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat, bardavom izlanish va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishni tilashdi. Shu bilan birga, yoshlarga taʼlim, kasbiy rivojlanish va bandlik masalalari yuzasidan amaliy maslahatlar ham berildi.
Samimiy suhbatlar, amaliy maslahatlar, orzu-rejalar va kelajak uchun motivatsiya — bu uchrashuv bitiruvchilarning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.
Yangi hayot sari dadil qadam tashlayotgan bitiruvchilarga – bilim, fidoyilik va yorqin kelajak tilaymiz!