Chexiya Tabiiy fanlar universiteti rektoridan NamDPI professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darsi
15.08.2025 08:14:26 35
NamDPI ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish yo‘lida xalqaro maydonga dadil qadam qo‘ymoqda. Chexiya Respublikasida tashkil etilgan o‘quv kurslari esa bunga yorqin misoldir.

Mazkur kurslarning navbatdagi mashg‘ulotida Chexiya Tabiiy fanlar universiteti rektori, professor Marko Manebester ishtirok etib, ikki muhim mavzu bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi:
Sun’iy intellekt: afzalliklari va ehtimoliy xavflari
Krill va Mefodiy yozuvlarining tarixi
Mashg‘ulot davomida zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga tatbiqi, sun’iy intellektning imkoniyatlari va ehtiyot choralaridan tortib, yozuv tarixining madaniy-ma’naviy ahamiyatigacha bo‘lgan qator qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.
Bunday uchrashuvlar NamDPI professor-o‘qituvchilari uchun yangi g‘oyalar manbai bo‘lishi bilan birga, xalqaro ta’lim maydonida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish imkonini ham yaratmoqda.