English English English

30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni

  30.07.2025 07:56:29    84


Bugungi zamonaviy dunyo tinchlik, xavfsizlik, rivojlanish va ijtimoiy hamjihatlikka putur yetkazuvchi ko’plab qiyinchiliklar, inqirozlar va boshqa bo’linish kuchlari – qashshoqlik, zo’ravonlik va inson huquqlari buzilishi kabi ko’plab muammolarga duch kelmoqda.


30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni


Mazkur inqiroz va qiyinchiliklarga qarshi turish uchun ularning tub ildizlari insoniy birdamlik ruhini targ’ib qilish va himoya qilish orqali bartaraf etish zaruriyati jahon hamjamiyati oldida turadi. Mana shunday insoniy birdamlik ruhining oddiy va eng samarali shakli – bu do’stlikdir.

Do’stlikni mustahkamlash borasida xalqaro tashkilotlarning samarali say-harakati tahsinga loyiq. Xususan, 2011-yilning 27-aprelida BMT Bosh Assambleyasida 30-iyulni "Xalqaro do’stlik kuni" sifatida nishonlash taklifi ilgari surilib, u bir ovozdan qo’llab-quvvatlangan. Mazkur qarorda insonlar, xalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari oʻrtasidagi doʻstlikning, hamkorlikning ahamiyati alohida qayd etilgan.

Bizning yurtimizda ham bugungi kunda ushbu kun munosib nishonlandi. “Xalqlar do‘stligi kuni"ni nishonlash tashabbusini Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ushbu sanani O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni” jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta'minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirish maqsadida taklif etgan edi.