English English English

Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi

  25.12.2025 08:32:29    4


Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Matematika va texnologiya fanlarining integratsiyasi asosida sun’iy intellekt (AI)dan foydalanish” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.


Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi


Mazkur mahorat darslari davomida sun’iy intellektning nazariy va amaliy asoslari yoritilib, matematika fanining mantiqiy fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni hamda texnologiyalarning uni tezkor va keng miqyosda qo‘llashdagi imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish, ularning qobiliyat va qiziqishlariga mos ta’lim yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida bahs-munozaralar o‘tkazildi. Iqtidorli o‘quvchilar institut mashg‘ulotlariga taklif etilib, ularning qiziqishlari va amalga oshirgan ishlari asosida kelgusidagi faoliyatlariga doir amaliy tavsiyalar berildi.


Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi Matematika va texnologiya integratsiyasi asosida sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darsi