“TA'LIM tahlilchisi” gazetasining 29-avgust №9(34)-sonida Namangan davlat pedagogika instituti
30.08.2025 14:34:45 10
“TA'LIM tahlilchisi” gazetasining 29-avgust №9(34)-sonida Namangan davlat pedagogika instituti professori Mahbubaxon Sobirovaning Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Shukronalik kamolot va taraqqiyotimiz asosi” nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Maqolada muallif Vatan mustaqilligining beqiyos ahamiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda yoshlar qalbida yurtga mehr va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Shuningdek, istiqlolning 34 yillik shonli yo‘li, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar va ularning kelajak avlod tarbiyasidagi ahamiyati keng yoritilgan.
Namangan davlat pedagogika institutida mustaqillik ruhini ulug‘lash, yosh avlodni maʼrifat va ezgulik ruhida tarbiyalash borasida samarali ishlar davom etmoqda.