English English English

NamDPIda aql "jangi"

  07.05.2025 11:28:57    21


Namangan davlat pedagogika institutida 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Intellektual olimpiada" turniri o'tkaziladi. Turnir doirasida "Zakovat" intellektual oʻyini ham tashkil etildi.


NamDPIda aql "jangi"


Turnirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi M.Nabijonov ochib berdi. Soʻng oʻyin jarayonlarini guruh tyutorlari hamda intellektual loyihalar koordinatori nazorat qilib borishdi.

20 dan ortiq jamoa ishtirok etgan turnir qizgʻin bahs va koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. 2 tur doirasida boʻlib oʻtgan turnirda quyidagi jamoalar faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiriti:

1-oʻrin - Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy gʻoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yoʻnalishining "Renessans" jamoasi;

2-oʻrin - Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yoʻnalishining "Barkamol avlod" jamoasi;

3-oʻrin - Pedagogika fakulteti Boshlangʻich ta'lim yoʻnalishining "Diamond" jamoasi.

Gʻolib jamoalar institut esdalik sovgʻalari va diplom bilan taqdirlanadi.


NamDPIda aql "jangi" NamDPIda aql "jangi" NamDPIda aql "jangi" NamDPIda aql "jangi" NamDPIda aql "jangi" NamDPIda aql "jangi" NamDPIda aql "jangi" NamDPIda aql "jangi"