Taʼlimda innovatsion yondashuv
08.05.2025 11:32:37 20
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi katta-o'qituvchisi D. Pardaboyeva tomonidan
1-bosqich Ona tilli va adabiyoti (rus tili) yo‘nalishi talabalariga "Rus xalq o‘g‘zaki ijodi" fanidan innovatsion ochiq dars mashg’uloti oʻtkazildi.

Mashgʻulotda fakultet dekan S.Mutalov boshchiligida kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etib o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Dars jarayonida talabalar rus xalq o‘g‘zaki ertaklaridan "Красная шапочка" va "Курочка Ряба" ertaklarini sahnalashtirib, o‘z tengdoshlariga namoyish etdilar.
Bu sahna ko‘rinishi barchada katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birga, talabalarning ta’limiy muloqot ko’nikmalari boyitildi.