XAVFSIZLIK SABOQLARI: TALABA QIZLAR UCHUN ISHONCHLI YO'L
25.09.2025 09:44:49 66
Namangan davlat pedagogika institutida "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Namangan shahar IIB HPB hamkorligida talaba-qizlar oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida Namangan shahar IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor, podpolkovnik mayor G.Chubayeva, institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva, institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida masʼullar tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha kerakli maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, talaba-qizlarga taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy maʼlumotlarini: foto, videolarini joylamaslik haqida tushuntirish olib borildi.