English English English

Talabalar turar joyida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi

  22.04.2026 08:21:54    5


Talabalar turar joyida Pedagogika fakulteti tyutorlari B.Maxsudov va M.Boytillayevlar tashabbusi bilan talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi.


Talabalar turar joyida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi


Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirok etishdi. Talabalar o‘rtasida do‘stona muhit va o‘zaro hurmat ruhi yanada mustahkamlandi. G‘olib va faol ishtirokchilar tyutorlar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Bunday tadbirlar talabalar intellektual rivojlanishiga xizmat qilishi bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Talabalar turar joyida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi Talabalar turar joyida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi Talabalar turar joyida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi