“Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
05.03.2026 11:36:46 12
Namangan davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha institut rektori maslahatchisi M.Xodjayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Namangan shahridagi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Musaxonov hamda Pedagogika fakulteti yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari S.Dadaboyev hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, din niqobi ostida amalga oshirilayotgan g‘arazli g‘oyalar hamda ularning salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.