Ona tilimiz – millat g‘ururi va ma’naviyat manbai
20.10.2025 21:13:55 8
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti, Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Muqaddas Pozilova tomonidan O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘zbek tilining millat hayotidagi o‘rni, uning tarixiy shakllanish jarayoni, buyuk allomalarimizning ona tilimiz ravnaqiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha fikr yuritildi. Talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishlarini amaliy misollar orqali namoyon etdilar.
Tadbir davomida tilimizning boyligi, sofligi va jozibasini asrab-avaylash har bir yoshning sharafli burchi ekani ta’kidlandi.