Ishoqxon To’ra Ibrat muzeyi, Mavlono Lutfulloh bog‘i, Chustiy uy-muzeyi hamda Bibiona ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
20.05.2026 10:44:36 12
Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari N.Mamatxanova va A.Siddiqovlar Pedagogika yo'nalishi Sirtqi ta’lim PED-AU-BU-23 guruh talabalari bilan “Ijtimoiy pedagogika” fanining “Ijtimoiy tarbiya” mavzusi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy-madaniy merosimizni yaqindan o‘rganish maqsadida Ishoqxon To’ra Ibrat muzeyi, Mavlono Lutfulloh bog‘i, Chustiy uy-muzeyi hamda Bibiona ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda ijtimoiy tarbiya, milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy merosga sadoqat hamda jamiyatda o‘z o‘rnini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida talabalar muzey va ziyoratgohlardagi tarixiy eksponatlar, milliy qadriyatlar hamda ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Ibrat muzeyidagi tarixiy manbalar va Chustiy uy-muzeyidagi milliy an’analarni aks ettiruvchi buyumlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bibiona ziyoratgohiga tashrif davomida talabalar ushbu maskanning tarixi, xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va qadriyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ziyoratgohda olib borilgan suhbatlar yoshlarni milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ajdodlar merosini asrab-avaylash hamda ma’naviy kamolotga intilish hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Talabalar ushbu maskandan katta ma’naviy taassurot olib qaytdilar.
Sayohat davomida talabalar ko‘plab ijobiy taassurotlar oldilar, tarixiy obidalar va ma’naviy maskanlar haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldilar. Ushbu tashrif “Ijtimoiy pedagogika” fanida o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlashga, talabalarning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasi hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini oshirishga xizmat qildi.