Ustoz – millatning ma’naviy yo‘lboshchisi
24.09.2025 08:53:49 36
“O‘qituvchi bu — nafaqat kasb, balki hayot yo‘lidir. U qanchadan-qancha insonlarga ziyo ulashib, hayotiga ma’no olib kiradigan sharafli siymodir. Ustoz deganda, avvalo, o‘z farzandini unutib, barcha vaqti va salohiyatini shogirdi kamoli uchun bag‘ishlagan, evaziga esa minnat ham kutmagan tanti va fidoyi insonlar ko‘z oldimizga keladi. Aynan ular millatni ulug‘likka yetaklaydi, insonni yetuk qiladi va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiradi.”
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ustozlarga erta tongda xush kayfiyat tilash maqsadida chellenj va viktorina tashkil etishdi.
Tadbirda rahbar-ustozlar va talabalar ishtirok etib, iliq muloqotda bo‘lishdi.
Talabalar ustozlarga qiziqarli savollar bilan murojaat qilib, o‘zlarining samimiy sovg‘alarini taqdim etdilar.
Mazkur tadbir o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtirom, minnatdorlik hamda e’zozning ifodasi bo‘ldi.