English English English

Talabalar bilan ochiq muloqot

  14.10.2025 10:40:41    11


Namangan davlat pedagogika instituti Registrator ofis xodimlari tomonidan institutning sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalariga amaliy seminar o‘tkazildi.


Talabalar bilan ochiq muloqot


Uchrashuv davomida Registrator ofis faoliyati, talabalarga taqdim etiladigan elektron xizmatlar, akademik ma’lumotnoma olish tartibi, o‘qish jarayonidagi ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish imkoniyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, ta’lim jarayonida kerak bo‘ladigan asosiy hujjatlar va platformalar bilan tanishdilar.

Bunday uchrashuvlar talabalarga o‘z huquq va imkoniyatlarini yanada chuqurroq anglash, shuningdek, ta’lim jarayonida duch keladigan masalalarni mustaqil hal etish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.


Talabalar bilan ochiq muloqot Talabalar bilan ochiq muloqot Talabalar bilan ochiq muloqot Talabalar bilan ochiq muloqot Talabalar bilan ochiq muloqot Talabalar bilan ochiq muloqot