KORRUPSIYA — JAMIYAT TARAQQIYOT KUSHANDASI
20.11.2025 08:35:48 4
Namangan davlat pedagogika institutida Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida talaba-yoshlar bilan “Yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i A.Tojimatov hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Muloqot davomida jamiyat taraqqiyotiga jiddiy putur yetkazayotgan korrupsiya muammosi, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, davlat siyosati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oqibatlari, yoshlar orasida bunday salbiy holatlarning oldini olish, huquqiy madaniyat va shaxsiy mas’uliyatni oshirish borasida talabalarga zarur tavsiyalar bildirildi.
Davra suhbati jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.