English English English

HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

  09.10.2025 10:40:37    20


Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining Qirg‘iz-Turk “Manas” universitetiga tashriflari doirasida bir qator samarali uchrashuvlar va ilmiy tadbirlarda ishtiroki davom etmoqda


HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA


Tashrif davomida Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy nashrlar va adabiyotlar universitet kutubxonasiga taqdim etildi. Ushbu sovg‘alar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tashrif chog‘ida Namangan davlat pedagogika instituti vakillari Tarix fakulteti dekani, professor Alpaslan Ashik bilan muloqot o‘tkazishdi. Fikr almashuv jarayonida o‘quv jarayonini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, institutning falsafa kafedrasi professori Urmanbetova Jildiz Karibayevnaga NamDPIda chop etilgan falsafa sohasiga oid adabiyotlar taqdim etildi.

Tashrif doirasida Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Dokuz Eylül universitetidan tashrif buyurgan falsafa fanlari doktori, professor O‘zlem Duva Kaya tomonidan tashkil etilgan “I. Kantning tadqiqotlari” mavzusidagi ilmiy seminarda ham ishtirok etishdi. Ushbu seminar doirasida falsafiy tafakkur, g‘arbiy va sharqona ilmiy yondashuvlar, hamda talabalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish usullari haqida fikr almashildi.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy, ma’naviy va metodik hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda tajriba almashuv jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.


HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA