Namangan viloyati IIB ning mas’ul xodimlari hamda NamDPI bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
20.06.2025 09:03:51 17
Uchrashuv davomida ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari, xodimlarga yaratilgan sharoit va imtiyozlar, shuningdek, xizmatga nomzodlarni qabul qilishda o‘tkaziladigan tanlov tadbirlari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Kelgusida ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar bo‘sh lavozimlar bo‘yicha beriladigan e’lonlarga muvofiq “E-nomzod” axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va nomzod sifatida tanlovlarda ishtirok etishlari mumkinligi tushuntirildi.
Munozara tarzida o‘tgan uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘lib, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan soha doirasidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati