O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (magistr) davlat stipendiyalariga hujjat topshirish jarayonlari qay tartibda o'tkaziladi?
28.02.2026 16:12:14 5
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (magistr) davlat stipendiyalariga talabgorlar tegishli muddatlarga qadar quyidagi hujjatlar va ilmiy tadqiqot ishlarini shakllantirib borishlari lozim hisoblanadi:
1. Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan holatda);
2. Dekan tavsiyanomasi;
3. Ilmiy rahbarining xulosasi
4. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda (3x4 shakl);
5. Qo‘shimcha yutuqlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda (turli tanlov va olimpiadalarda erishilgan yutuqlar, diplom, sertifikat va tashakkurnomalar);
6. Ilmiy-ijodiy ishlarning elektron nusxalari (to'plamning to'liq holati va tegishli tartibda ajratilgan qismi);
7. Erishgan qo'shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa);
8. Til bilish darajasi bo'yicha (milliy va xalqaro) sertifikat (agar mavjud bo'lsa);
9. Passport nusxasi;
10. Ma’lumotnoma (obyektivka);
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (magistr) davlat stipendiyalariga nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasasida dastlab "O'zbekiston tarixi" hamda "Xorijiy til" (Xorijiy til yo'nalishida tahsil oluvchi talabgorlar uchun ikkinchi chet tili) bo'yicha suhbat o'tkaziladi hamda ularning bilimlari soha mutaxassislari va komissiya a'zolari tomonidan sinovdan o'tkaziladi.
Eslatma tariqasida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (magistr) davlat stipendiyasiga nomzodlar hujjatlari birinchi bosqich yakunlanganidan so'ng stipendiya.edu.uz tizimiga yuklanadi hamda barcha fanlar faqat a'lo (5) baholarga o'zlashtirilgan bo'lishi lozim.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (magistr) davlat stipendiyasiga nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligida "O'zbekiston tarixi", "Axborot texnologiyalari" va "Xorijiy til" bo'yicha test sinovidan o'tadilar hamda ekspertlar guruhi tomonidan talabgorning ilmiy tadqiqot ishi, erishilgan yutuqlar hamda test sinovi natijalari yaxlitlangan holda, yakunda uch nafar nomzodlar sinovning suhbat bosqichiga tavsiya etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (magistr) davlat stipendiyasiga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabgorlar Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga yoki +998 88 181 31 41 (@Doniyorbek_Maxkamov) raqamlariga murojaat etishlarini so'raymiz.