”Stress va uni boshqarish usullari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
30.05.2025 08:53:31 11
Namangan davlat pedagogika insitituti psixologi G.Axadjonova hamda Pedagogika fakulteti tyutorlari tomonidan 1-bosqich talabalari uchun ”Stress va uni boshqarish usullari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Talabalar trening davomida stress inson ruhiyatiga qay darajada ta'sir qiladi uni qanday boshqarish mumkinligini o'rganishdi.
Psixolog maslahati!
Oq-qora fikrlashdan voz keching
Narsalarni faqat oq va qoraga ajratmang.
Stressni ijobiy tajriba sifatida qabul qiling. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, stress sog‘liq uchun zararli ekanligi haqidagi qat’iy ishonch vaziyatni boshqara olish qobiliyatimizda aks etadi.
Hamma narsani nazorat qila olmasligingizga ko‘niking
O‘tmishni unuting. “Nega bu aynan men bilan yuz berdi?” — har birimiz o‘zimizga shu savolni berib turamiz. Bu kabi salbiy fikrlarga to‘xtalmang. O‘tmishda o‘ralashib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Yaxshisi kelajakdan nimalarni kutayotganligingiz haqida xayol suring.
Muloqot qiling. Stressni boshdan kechirar ekanmiz, o‘zimizni chetga tortib, muammolarimiz bilan yolg‘iz qolishni istaymiz. Biroq bu to‘g‘ri yo‘l emas. Odamlar bilan muloqot qilishdan qochmang, yordamingizni boshqalarga taklif qiling va boshqalardan ko‘mak so‘rashdan qo‘rqmang.