English English English

NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi

  21.08.2025 09:36:36    37


Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat asosida imtihon bo‘lib o‘tdi.


NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi


Mazkur jarayon belgilangan tartib va me’yoriy hujjatlar asosida o‘tkazildi. Talabgorlarning kasbiy salohiyati, nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan suhbat davomida ularga berilgan savollar mutaxassislik yo‘nalishlariga muvofiq bo‘ldi.

Imtihon jarayonining shaffof, adolatli va xolis o‘tishini ta’minlash maqsadida, mas’ul komissiya a’zolari hamda tajribali professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Jarayon davomida talabgorlarning bilim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha fikrlash qobiliyati va mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalari atroflicha o‘rganildi.


NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi NamDPIda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha suhbat-imtihonlar o‘tkazildi