Oliy ta’limdagi yangi grant tizimi: magistrlar uchun muhim ma’lumot
18.11.2025 08:06:59 4
NamDPI Magistratura bo‘limi boshlig‘i M.To‘raboyeva tomonidan 1-bosqich magistrantlari uchun 2025–2026-o‘quv yilida qabul qilingan 22 ta mutaxassislik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori haqida tushuntirish olib borildi.
Qarorda “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlangan bo‘lib, unda:
• ta’lim grantini har o‘quv yili yakunida
• magistratura mutaxassisligi, ta’lim tili va kurslar kesimida
• tabaqalashtirilgan tarzda alohida qayta taqsimlash tartibi belgilab berilgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, magistrantlarga:
— ta’lim grantining bazaviy soni,
— ta’lim grantiga talabgor,
— to‘liq ta’lim granti,
— to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti
tushunchalari yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.