Namangan davlat pedagogika institutida “Xalqaro qushlar kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
06.03.2025 16:32:58 4
Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan 1-aprel — “Xalqaro qushlar kuni” doirasida “Qushlar — bizning do‘stimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida fakultet professor-o‘qituvchilari talabalar uchun ma’ruzalar o‘qib, qushlarning tabiatdagi ahamiyati haqida tushunchalar berishdi.
Shuningdek, Tabiiy fanlar kafedrasi talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 ga yaqin qush turi bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi tabiatdagi noyob qush turlarini asrab-avaylash, talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usi va atrof-muhitga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishdan iborat.