English English English

NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda

  03.07.2025 14:47:15    16


Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdukarimova Shahnoza Xitoy Xalq Respublikasining Shenyang shahrida tashkil etilgan xizmat safari doirasida nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan birida bo‘lib turibdi.


NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda


U mazkur tashrif davomida delegatsiya a’zolari bilan birgalikda universitet infratuzilmasi, jumladan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, innovatsion dars o‘tiladigan auditoriyalar, boy adabiyot fondiga ega kutubxonalar, keng va shinam o‘quv zallari, shuningdek, zamonaviy o‘quv-uslubiy vositalar bilan tanishmoqda.

Tashrifning asosiy maqsadi — ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashuvlar ham olib borilmoqda.


NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda NamDPI vakili Xitoyda malaka oshirmoqda