TA’LIM SIFATI TALABALAR NIGOHIDA
09.03.2026 20:22:02 6
Namangan davlat pedagogika institutidagi ta’lim sifati talabalar tomonidan yuqori baholandi.
Namangan davlat pedagogika institutida ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida talabalar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma o‘quv mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida olib borilishi, o‘qitilayotgan fanlarning keljak kasblari bilan bog‘liqligi, ta’lim jarayonida zamonaviy metodik va axborot texnologiyalarini qo‘llanilish darajasi kabilarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilib, fevral oyi davomida amalga oshirildi.
So‘rovnomaning anonim tarzda o‘tkazilishi olingan natijalarning haqqoniy va shaffof bo‘lishini ta’minladi.
Natijalarga ko‘ra talabalarning ko‘pchilik qismi barcha mezonlar bo‘yicha faoliyatlarni ijobiy baholadilar.