Namangan shahrida o‘tkazilayotgan 65-"Xalqaro gullar festivali"ga Namangan davlat pedagogika institutining moliyaviy soha xodimlarini tashrifi
06.06.2026 14:53:12 6
Namangan davlat pedagogika institutining Buxgalteriya va Reja-moliya bo‘limi xodimlarini Namangan shahrida o‘tkazilayotgan 65-"Xalqaro gullar festivali" maskaniga “Yashnayotgan gullar kabi, iqtisodiyotimiz ham barqaror rivojlansin!” shiori ostida amalga oshirgan tashrifi.
Namangan shahrida o‘tkazilayotgan 65-"Xalqaro gullar festivali" nafaqat go‘zallik va nafosat bayrami, balki yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va barqaror iqtisodiy taraqqiyotning yorqin namunasi sifatida ham ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur festival doirasida Namangan davlat pedagogika institutining Buxgalteriya va Reja-moliya bo‘limi xodimlari festival maskaniga tashrif buyurib, rang-barang gullar va zamonaviy landshaft yechimlari bilan bezatilgan ko‘rgazmalarni tomosha qildi. Tashrif davomida shahrimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar hamda ularning hudud iqtisodiyoti rivojidagi ahamiyati haqida fikr almashar ekanmiz, bunday yirik xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda moliyaviy intizom, mablag‘lardan samarali foydalanish va iqtisodiy barqarorlik muhim o‘rin tutishi, festivalda namoyish etilgan go‘zallik va tartib-intizom mamlakatimizdagi islohotlarning amaliy natijasini yaqqol namoyon etayotganiga yana bir bor amin bo‘ldik. Biz moliyaviy soxa xodimlari festivaldan katta taassurotlar bilan qaytar ekanmiz, yurtimizdagi iqtisodiy barqarorlik va bunyodkorlik ishlari xalqimiz farovonligiga xizmat qilayotganini yana bir bor alohida ta’kidlaymiz.