«Rahbar va bitiruvchi yoshlar» uchrashuvi
19.05.2026 10:38:21 8
Yangiqo’rg’on tuman hokimligining majlislar zalida Namangan davlat pedagogika institutini 2025–2026 o’quv yilida tamomlayotgan 135 nafar bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida «Rahbar va bitiruvchi yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Yangiqo’rg’on tumani hokimi yoshlar bilan ishlash bo’yicha hokim o’rinbosari Mehmonov Esonbek, Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, institut prorektorlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari direktorlari hamda sohaga aloqador tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Intellektual fanlar va axborot texnologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari ham faol ishtirok etishdilar. Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni ta’lim muassasalariga jalb etish, mavjud bo’sh ish o’rinlari va pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlar haqida atroflicha fikr almashildi. SHuningdek, yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tezkor moslashuvi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.
Tadbirda bitiruvchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash bo’yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Uchrashuv ochiq muloqot va amaliy takliflarga boy tarzda o’tdi.