Talabalar bandligini taʼminlash masalalari – NamDPI vakili xalqaro anjumanda
16.08.2025 08:55:55 8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 8-avgust kuni oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan muhim topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14–16-avgust kunlari Samarqand shahrida “Yoshlarga oid davlat siyosati va mahalladagi yoshlar bilan ishlashda Oʻzbekiston tajribasi: innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik” xalqaro yoshlar konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiya doirasida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlar ishtirokida qator dolzarb mavzularda oʻquv seminarlari oʻtkazildi. Unda:
Talabalarning ish bilan taʼminlanish imkoniyatlarini kengaytirish,
Ularni tadbirkorlik va startap loyihalarga jalb etish,
Mehnat bozoriga tayyorlash,
Talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish,
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash,
Boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori A. Isoqboyev ham ushbu nufuzli xalqaro anjumanda faol ishtirok etib, institut talabalari va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, innovatsion tashabbuslar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ushbu konferensiya yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi, ijtimoiy faolligini oshirish va kelajak kasbiga masʼuliyatli yondashishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.