English English English

Rus tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi

  23.09.2025 08:41:57    45


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi hamda “Моя история (Mening tarixim)” gumanitar fanlarni qo‘llab-quvvatlash fondi hamkorligida 2025-yil 22–26-sentabr kunlari Toshkent shahridagi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali bazasida rus tilini xorijiy til sifatida o‘qituvchi pedagoglar uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.


Rus tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi


Dasturda:
rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish;

yagona o‘quv-uslubiy strategiyani shakllantirish;

zamonaviy ta’lim metodlarini o‘rganish;

rus tilidagi leksik-grammatik qiyinchiliklarni yengishda samarali usullarni qo‘llash;

dars jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
Kurs 24 soatlik auditoriya mashg‘ulotlari va 12 soatlik mustaqil ishlarni o‘z ichiga olib, umumiy 36 soatlik yuklamadan iborat. Dastur yakunida ishtirokchilarga belgilangan namunadagi malaka oshirish guvohnomasi topshiriladi.

Namangan davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi D. Pardaboyeva va stajor o‘qituvchi M. Olimova mazkur kursda faol ishtirok etmoqda.


Rus tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi Rus tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi Rus tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi Rus tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi