Ishonch va barqarorlik — hayot muvozanatining asosidir
11.09.2025 08:26:12 33
Namangan davlat pedagogika instituti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixologi N.Tajiboyeva tomonidan Xorijiy tillar yo‘nalishi talaba qizlariga psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati va psixologik xizmat turlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Trening davomida talabalarga quyidagi amaliy yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borildi:
• yangi o‘quv muhitiga tezroq moslashishga ko‘maklashish;
• stressni yengish usullari;
• agressiyani boshqarish amaliyotlari;
• empatiyani boshqarish (his-tuyg‘ularni anglash va boshqalar bilan munosabatda uyg‘unlik);
• qo‘rquv va xavotirni kamaytirish bo‘yicha mashg‘ulotlar va davra suhbati.
Mazkur mahorat darsi talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va o‘quv jarayoni samarali tashkil etildi. Institut psixologik xizmatlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish va bunday treninglarni davom ettirishga alohida e’tibor beradi.