Ilmiy darajaga erishgan ustozlar taqdirlandi
29.09.2025 09:51:18 13
Namangan davlat pedagogika institutida ustozlarimizning ilmiy mehnatlari yuksak qadrlanmoqda. Institutda o‘tkazilgan tantanali marosimda ilmiy darajaga ega bo‘lgan ustozlarga professor va dotsent ilmiy unvonlarini tasdiqlovchi diplomlar topshirildi.

Bu nafaqat ilmiy izlanishlarning samarasini ifodalovchi voqea, balki institut jamoasi uchun faxr va iftixor manbai bo‘ldi. Chunki ilmiy daraja va unvon – yillar davomida tinimsiz mehnat, ilmga sadoqat va fidoyilikning samarasi hisoblanadi.
Taqdirlangan ustozlarimiz bugun yoshlar uchun ilmiy namuna, fidoyi mehnat timsoli sifatida qadrlanmoqda. Ularning muvaffaqiyatlari institutimizda ilm-fan va ta’lim rivojiga yanada katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.