SAMARALI TA'LIM VA QULAY MUHIT SARI
05.09.2025 21:11:35 15
Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov Namangan pedagogika kolleji binosida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va ta’lim sifatini ko‘zdan kechirdi.

Xabaringiz bor, (a) IJtimoiy fanlar fakultetining quyidagi:
Jismoniy madaniyat,
Ijtimoiy ish,
Tarix, shuningdek,
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar Namangan pedagogika kolleji binosida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.
Institut rektori mazkur binoga tashrif buyurib, ta’lim jarayonining samaradorligi va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, auditoriyalardagi sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlari sifati hamda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha o'rganib chiqildi.
Tashrif davomida talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, o‘quv binosida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va talabalarga qulay sharoitlar yaratish borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
📍 Manzil: Namangan shahar, 1-Oydinko‘l ko‘chasi, 211-uy
(lokatsiya) (https://maps.app.goo.gl/JnCn6vyXFbxwwjaB8?g_st=ic)