Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
29.09.2025 09:50:17 16
Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilidagi 2-sonli Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishni institut Kengash raisi, rektor B.Xusanov olib bordi. Dastlab Kengash a’zolari tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlar tasdiqlandi. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan so‘zlagan nutqidagi g‘oyalar va belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan institut jamoasi oldida turgan muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar doirasida:
➡️vakant lavozimlarga tanlov e’lon qilish;
➡️professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyati va ta’lim sifati monitoringi;
➡️ 2024/2025-o‘quv yilida institut bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
➡️sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishida qo‘yilayotgan vazifalar;
➡️ ijro intizomi va hujjatlar yuritilishi holati;
➡️ turli tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan topshiriqlar institutda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshirish, ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish, talabalar bandligini ta’minlash va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mazkur Kengash qarorlari Namangan davlat pedagogika instituti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, jamoa oldiga qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.