"Mening yurtim" mavzusida esselar tanlovi oʻtkazildi
14.05.2025 09:38:51 8
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirish, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish va ularni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida "Mening yurtim" mavzuda esselar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlov ikki bosqichda: fakultet bosqichi hamda institut bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlov mezonlari asodida baholash natijasida eng yuqori ball to'plagan insholar berilgan mavzu bo'yicha aniqlandi.
Unga ko'ra:
1-o'rin: Komiljonova Zarifa Ijtimoiy fanlar fakulteti, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi;
2-o'rin: Abdumajidova Sayyora Ijtimoiy fanlar fakulteti, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi;
3-o'rin: Xasanboyeva Sevara Pedagogika fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi.