"Yoshlar kuni" munosabati talabalar turar joyida sport musobaqasi o‘tkazildi
10.04.2026 23:46:04 10
Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar turar joyida shaxmat va shashka bo‘yicha qiziqarli musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa talaba yoshlar va TTJ xodimlar ishtirokida do`stona ruhda murosasiz bahslar olib bordilar. Yakunda g‘oliblar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.
Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va intellektual rivojlanishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.