"AGROMASLAHAT"ning ilk agrotavsiyasi
21.12.2025 08:39:11 9
Mazkur agrotavsiya “Yozning g’amini qishda ko’r” deya nomlangan.Maʼlumki,so’nggi yillarda suv taqchilligi muammosi kuchayib bormoqda. Bunday paytda ko’plab xonadonlarning tomorqa maydonlariga hech qanday ekin ekilmay bo’sh holatda qolib ketadi. Bunga o’ziga xos yechim mavjud bo’lib, buni aynan hozirgi qish faslida amalga oshirish talab etiladi.
Xususan, aholi xonadonlarining uy tomlaridan atmosfera yog'inlari hisobiga to’planib tushadigan yomg’ir va qor suvlarini maxsus yirik idishlarga yoki kichik hovuzchalarda to’plab, undan bahor va yoz oylarida ekinlarni sug’orishda foydalanish mumkin.
ISHNI BAJARISH TARTIBI:
- yomg‘ir va qor suvlarini to‘plash uchun maxsus idishlar o’rnatiladi yoki xovuzchalar qaziladi;
- suvni idish yoki xovuzchaga yo‘naltirish uchun tarnovlar o‘rnatiladi;
- suvni toza holda to‘planishi uchun filtrlar o‘rnatiladi;
- hovuzdan tomorqa maydoni tomon tomchilatgich shlanglar yotqiziladi.