Navro‘z bayrami arafasida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
22.05.2025 16:24:03 4
Milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqmizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.

Shu munosabat bilan institutning yoshlar ittifoqi koordinatorlari, “Eko volontyorlar” guruhi hamda faol talaba-yoshlar jamoasi ham umumxalq hasharida faol ishtirok etishdi. Qutlug‘ Ramazon ayyomi va Navro‘zi olam arafasida boshlangan umumxalq xayriya hashari yoshlarimizni mehr-oqibati, birdamligi, ahilligining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.