INNOWOMEN WEEK – 2025: Ayollar innovatsiya maydonida
14.10.2025 10:46:21 15
Namangan davlat pedagogika institutida “INNOWOMEN WEEK – 2025” — xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasidagi forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Dastlab institut hovlisida Namangan viloyati olima ayollar uyushmasi rahbari A. Turg‘unboyeva boshchiligida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar, yosh tadbirkorlar hamda talaba qizlarning ijodiy ishlari va innovatsion g‘oyalari aks etgan ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. Xusanov tashrif buyurgan mehmonlar bilan birgalikda ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirdi, ishtirokchilar bilan suhbatlashdi hamda ularning faoliyatiga yuksak baho berdi.
Tadbir davomida mehmonlar uchun dizayner Tunjay Nazan tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviy uslub uyg‘unligini aks ettirgan modalar namoyishi o‘tkazildi. Ushbu namoyish ayollarning estetik didi, ijodkorligi va yangilikka intilishining amaliy ifodasiga aylandi.