NamDPIda “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
10.10.2025 10:20:53 9
Namangan davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rais o‘rinbosari, Respublika targ‘ibot guruhi rahbari Qaxxarova Matluba Mannopovna hamda Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Ahmedova Iroda Shohidbekovna ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida talabalarga yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi maʼrifat bilan kurashish, milliy qadriyat va bag‘rikenglikni qadrlash haqida so‘z yuritildi.
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar institut faoliyati, talabalar tomonidan yaratilgan ijod na'munalari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.