Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining Qirg‘iz-Turk “Manas” universitetiga tashrifi yakuniga yetdi
10.10.2025 10:22:02 9
Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Qirg‘iziston Respublikasidagi nufuzli ta’lim maskani — Qirg‘iz-Turk “Manas” universitetiga tashrif davomida mehmonlar universitetning maʼmuriy binosida joylashgan muzey faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda jamlangan tarixiy eksponatlar, arxiv materiallari hamda universitet taraqqiyotiga oid noyob ma’lumotlarni ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Falsafa, Tarix, Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar, ta’lim texnologiyalari va ilmiy izlanishlar jarayoni haqida fikr almashildi.
Tashrif yakunida Qirg‘iz-Turk “Manas” universiteti rahbariyati tomonidan Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirildi. Bu esa ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy ifodasiga aylandi.
Tashrif yakunida tomonlar kelgusida ham ilmiy loyihalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va qo‘shma tadbirlarni tashkil etish borasida o‘zaro fikr almashdilar.