English English English

"Yoshlar kuni" doirasida Respublika ishchi guruhi tomonidan ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi

  20.04.2026 10:16:19    2


Uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, erta nikohning oldini olish hamda tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 33-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tashkil etildi.


"Yoshlar kuni" doirasida Respublika ishchi guruhi tomonidan ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi


Tadbirni viloyat Oila va xotin‑qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Mamadaliyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida farmonning dolzarbligi, uning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni hamda gender tengligini mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. Tadbir davomida barcha fakultet talabalari faol ishtirok etib, tyutorlar hamda xotin-qizlar masalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Maxmudova masalalarga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbirda Respublika ishchi guruh a’zosi -Toshkent Davlat yuridika universiteti porerektori, yurdika  fanlari doktori Esanova Zamira Normuratovna tomonidan farmonning asosiy vazifalari tizimli ravishda yoritildi. Xususan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlar ajratib ko‘rsatildiva atroflicha hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.
Tadbir davomida ayollar va bolalarning konstitutsiyaviy huquqlarini mustahkamlash, erta nikohlarning ijtimoiy-psixologik va huquqiy sabablarini bartaraf etish, oilaviy va jamoat muhitida tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kompleks profilaktika tizimini joriy etish, jabrlanuvchilarga tezkor, kompleks va tizimli yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan roliklar namoyish etildi. Roliklar yuzasidan ham qisqacha muhokamalar o‘tkaziladi.
 
Sud-huquqiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish Fuqorolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyatining sudi sudyasi  Siddiqova Mayramxon Ulug‘xonova tomonidan sud amaliyoti nuqtai nazaridan farmonning ahamiyati tahlil qilindi. Unda quyidagi yangiliklar muhim deb e’tirof etildi:
-jabrlanuvchilar uchun himoya orderlari tizimini kengaytirish;
-tezkor sud muhokamalari orqali huquqiy yordamni soddalashtirish;
-yuridik maslahat va bepul huquqiy yordam xizmatlarini rivojlantirish.

Mazkur mexanizmlar inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlariga mos keladi va sud-huquq tizimining insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlaydi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karimova Zuxra Shamsiddin qizi tomonidan ta’kidlanganidek, zo‘ravonlik holatlariga tezkor javob berish mexanizmlari takomillashtirilmoqda. Xususan:
-jabrlanuvchilarni xavfsiz hududlarga joylashtirish tizimi kengaytiriladi;
-profilaktik patrullash va mahalla nazorati kuchaytiriladi;
-zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan tezkor reaksiya guruhlari tashkil etilganli va bu faoliyat haqida amaliy vaziyatlar bilan tushuntirib berildi.

Adliya boshqarmasi shoʻba mudirasi Yodgorova Naima tomonidan farmon doirasida monitoring va hisobot tizimining ahamiyati yoritildi. Xususan:
zo‘ravonlik holatlarini yagona elektron bazada ro‘yxatga olish;
standartlashtirilgan hisobot tizimini joriy etish;
jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifat jihatidan baholash kabi tushunchalar berib oʻtildi.

Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan takliflar va dasturiy rejalar bayon etildi.