NamDPI bitiruvchisi Jahon chempioni bo’ldi!
14.09.2025 08:42:57 4
Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi dastlabki final bahsi o‘tkazildi.

–75 kg vazn toifasida finalgacha yetib kelgan Fazliddin Erkinboyev Bolgariya vakili Kivan Ramiga qarshi ringga chiqdi. Jangda Faziliddin raqibidan ustunligini ko‘rsata oldi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu – O‘zbekiston hisobidagi dastlabki oltin medalga aylandi.
Fazliddin Erkinboyevga omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!