“Sayg‘oqni asraylik” mavzusida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
25.03.2025 16:11:02 3
Namangan davlat pedagogika institutida Prezidentning “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Sayg‘oqni asraylik” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut birinchi prorektori A. Isoqboyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i N. Suyarov, Axborot-resurs markazi rahbari O. Nasriddinov, Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Biologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni A. Isoqboyev ochib berib, “Sayg‘oqlar xalqaro kuni”ni nishonlashning ahamiyati, sayg‘oqning noyob tur sifatidagi ekologik o‘rni va uni muhofaza qilish zarurati haqida so‘z yuritdi. U o‘z nutqida tabiatni asrash, uni kelgusi avlodlarga sog‘lom holatda yetkazish har bir fuqaroning burchi ekanligini alohida ta’kidladi.
So‘ngra Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD A. Najimov tomonidan sayg‘oqlarning biologik xususiyatlari, ularning hududiy ekotizimni saqlashdagi roli, ayniqsa, cho‘l hududlarida tabiiy muvozanatni barqarorlashtirishdagi ahamiyati haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur tadbir talabalarda ekologik ongni shakllantirish, muhofazaga muhtoj hayvon turlariga nisbatan mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qildi.