"Psixologik laboratoriya markazi" tashkil qilindi hamda taqdimot marosimi oʻtkazildi.
02.06.2025 09:10:50 17
Namangan davlat pedagogika institutida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi qoshida "Psixologik laboratoriya markazi" tashkil qilindi hamda taqdimot marosimi oʻtkazildi.

Marosimda institut birinchi prorektori A.Isoqboyev, institut psixologlari, psixologiya yoʻnalishi talabalari ishtirok etishdi.
Laboratoriya markazining asosiy vazifasi:
Psixologik hodisalarni o‘rganish (masalan, xulq-atvor, motivatsiya, emotsiyalar, stress holatlari);
Eksperimental psixologiya asosida turli sinovlar va tajribalar o'tkazish;
Yangi psixologik metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish;
Shaxs va guruhlar psixologik holatini aniqlash uchun testlar va diagnostika usullarini qo‘llash;
Intellekt, emotsional holat, shaxsiy xususiyatlar va ijtimoiy moslashuv darajasini baholash;
Stress, depressiya, shaxslararo munosabatlar, o‘zini baholash kabi muammolarga yechim topishda yordam berish;
Talabalar, o‘qituvchilar, ota-onalar yoki ishchi xodimlarga psixologik maslahatlar berish;
Psixologiya yo‘nalishidagi talabalarga amaliy ko‘nikmalar berish;
Boʻlajak psixologlar uchun trening, seminar va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
Ijtimoiy-psixologik muammolarning oldini olishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Hozirda ushbu markazga psixologiya yoʻnalishining 12 nafar talaba-yoshlari qamrab olindi.