English English English

SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK!

  10.09.2025 08:14:22    11


Namangan davlat pedagogika institutida Ichki ishlar organlari tezkor bo‘linmalari ishtirokida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish yo‘nalishida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Alisher Isoqboyev, Namangan viloyati DXX, Namangan viloyati IIB xodimlari hamda sohaga oid boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar.


SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK!


Muloqot davomida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, huquqiy mas’uliyat hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar uchun huquqiy savodxonlikni oshirish va salbiy illatlardan himoya qilishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan takliflar va savollar mutaxassislar tomonidan batafsil muhokama qilindi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda giyohvandlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.


SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK! SOG'LOM HAYOT – SOG'LOM KELAJAK!