English English English

Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya

  02.05.2025 10:43:22    46


Namangan davlat pedagogika institutida maktab o‘quvchilari uchun kasb tanlashga ko‘maklashuvchi "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda.


Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya


Unda Norin va Namangan tumanlaridagi maktablardan 350 nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.

Tadbir davomida bitiruvchilar institut hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Xususan, o‘quv binolari, auditoriyalar, ilmiy-uslubiy markazlar, texnik jihozlar va boshqa zaruriy sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Institut o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari bitiruvchi-yoshlarga ta’lim yo‘nalishlari, qabul tartibi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida foydali ma’lumotlar berishdi.

Uchrashuv yakunida institut haqidagi oʻquvchilarning savollariga vakillar tomonidan javob berildi hamda ularning fikrlari, taassurotlari tinglandi.


Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya Maktab bitiruvchilari uchun NamDPI boʻylab ekskursiya