English English English

NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi!

  13.08.2025 09:00:10    14


Namangan davlat pedagogika institutida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi hamkorligida o‘qitish va baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar va pedagog xodimlari uchun yirik o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.


NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi!


Mazkur treningning asosiy maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimida joriy etilayotgan yangi o‘qitish va baholash mexanizmlarini amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, pedagoglarning zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishdan iborat.

Trening uchun institutda barcha zarur sharoitlar yaratildi: o‘quv auditoriyalari zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlandi, metodik materiallar tayyorlandi, ishtirokchilarning samarali o‘qishlari uchun qulay muhit ta’minlandi.

Tadbirda Namangan viloyatidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbarlari va pedagog xodimlari faol qatnashmoqda. Trening davomida ishtirokchilar yangi baholash mezonlari, dars jarayonlarini rejalashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish, o‘quvchilarning individual yutuqlarini baholash kabi masalalarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishadi.

Bunday o‘quv-treninglar o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda o‘quvchilarga yanada samarali bilim berish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.


NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi! NamDPIda o‘qitish va baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘quv-trening boshlandi!