Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan Kosonsoy tumani 16 -sonli DMTTda “Edukids – hamkorlik markazi” bilan hamkorlikda o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
30.01.2026 08:55:52 7
Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Asranbayeva, N.Ismailova, O.Olimjonova va Z.Jo’rayevalar bilan birgalikda “Edukids” nomli ta’lim markazida ilmiy seminar tashkil etildi. Ushbu markaz faoliyati maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etishga qaratildi.Mazkur markazda tashkil etilgan seminar-treningda Kosonsoy tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari hamda tarbiyachilari faol ishtirok etdilar.
Seminar ochilish qismida Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri, professor M. Asranbayeva so‘zga chiqib, EDUKIDS hamkorlik markazining maqsadi va vazifalari hamda Yaponiya ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari, undagi innovatsion yondashuvlar, bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tajribalar haqida batafsil ma’lumot berdi.Seminar davomida N. Ismailova tomonidan STEAM ta’limi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Trening jarayonida STEAM yondashuvining maktabgacha ta’limdagi ahamiyati, fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika elementlarini bolalar faoliyatiga uyg‘unlashtirish yo‘llari amaliy misollar asosida tushuntirib berildi. Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi O.Olimjonova hamda yo'nalish magistrantlari tomonidan yapon texnologiyasi asosida bolalarni sensomotorikalarini rivojlantiruvchi qiziqarli metodikalar o'tkazildi.
Mazkur seminar pedagoglar uchun tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashda muhim ahamiyat kasb etib, ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llashga keng imkoniyat yaratdi.Tadbir jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qo‘g‘irchoq teatri namoyish etildi. Shuningdek, maktabgacha ta ‘lim kafedrasi o‘qituvchisi O.Olimjonova tomonidan tarbiyalanuvchilarga ajoyib sovg'alar ham ulashildi.