English English English

Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan institut rektori tabrigi maktab bitiruvchilariga yetkazildi

  01.06.2026 08:56:21    7

Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari umumta’lim maktabida tashkil etilgan bitiruv tadbirida ishtirok etib, maktab hayotining muhim bosqichini yakunlayotgan yoshlarni samimiy muborakbod etdilar.

Tadbir davomida Namangan davlat pedagogika instituti rektori Xusanov Bahodir Ergashevichning bitiruvchilarga yo‘llagan bayramona tabrigi tantanali ravishda o‘qib eshittirildi. Unda yoshlarning kelgusida puxta bilim egallashi, tanlagan kasbida muvaffaqiyatga erishishi hamda jamiyatda munosib o‘rin topishi muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bitiruvchilarga kelgusi ta’lim va kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar, yuksak marralar hamda yorqin kelajak tilandi. Ustozlarning samimiy tilaklari va tavsiyalari o‘quvchilarga katta motivatsiya hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.